O‘ZBEKISTONDA ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR DAVRIY ILMIY TO‘PLAMI
“O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” — O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tomonidan nashr etiladigan, 2000-yildan buyon chop etib kelinayotgan davriy ilmiy to‘plamdir. To‘plam O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan arxeologik qazishmalar, dala-qidiruv tadqiqotlari, arxeologik nazorat, monitoring va muhofaza-qutqaruv ishlari, shuningdek mahalliy va xalqaro arxeologik ekspeditsiyalarning ilmiy natijalarini nashr etishga ixtisoslashgan. Nashr O‘zbekistonning eng qadimgi davrlaridan o‘rta asrlargacha bo‘lgan tarixi va moddiy madaniyatini o‘rganishga doir yangi arxeologik manbalarni ilmiy muomalaga kiritishga xizmat...