“O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” davriy ilmiy to‘plami 2000-yildan buyon nashr etib kelinadi.
To‘plamning tashkil etilishidan asosiy maqsad O‘zbekiston hududida olib borilgan arxeologik dala tadqiqotlarining natijalarini tezkor ravishda ilmiy muomalaga kiritish, yangi topilmalar va arxeologik yodgorliklar haqidagi ma’lumotlarni tizimli ravishda nashr etishdan iborat.
Nashrning sonlarida mamlakatning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan arxeologik ekspeditsiyalar natijalari, yangi aniqlangan obyektlar, qazishmalar, qidiruv va muhofaza-qutqaruv ishlari to‘g‘risidagi materiallar jamlanadi. Bugungi kunda to‘plam O‘zbekiston arxeologiyasining turli davrlari va yo‘nalishlariga oid dala tadqiqotlari natijalarini birlashtiruvchi ixtisoslashgan ilmiy nashr sifatida davom ettirilmoqda.