“O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” tahririyati ilmiy nashrlarda halollik, xolislik, mualliflik huquqiga hurmat, ilmiy natijalarning ishonchliligi va manfaatlar to‘qnashuvining oshkoraligi tamoyillariga amal qiladi.
Mualliflar taqdim etayotgan materiallari original ekanligi, foydalanilgan barcha manbalar to‘g‘ri ko‘rsatilgani, ma’lumotlar soxtalashtirilmagani yoki manipulyatsiya qilinmagani uchun javobgardir. Plagiat, o‘zlashtirish, soxta hammualliflik, natijalarni sun’iy o‘zgartirish va bir materialni bir vaqtning o‘zida bir nechta nashrga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.